Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1300 nafardan oshdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1300 nafardan oshdi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun ayni paytga qadar 37 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1308 nafarni tashkil etmoqda.

SSV matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar hamda Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi.

Xorazm viloyatida esa 7 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. 

Tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 2 nafardan bemor Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridan, 1 nafardan esa Farg‘ona, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yosh.

Xorazm viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 138 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 145 nafarga yetdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring