Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SAMPIda homilador ayolda koronavirus topilgani va klinika karantinga yopilgani borasida ma’lumot berildi

SAMPIda homilador ayolda koronavirus topilgani va klinika karantinga yopilgani borasida ma’lumot berildi

Toshkentdagi Respublika perinatal markazi (SamPI) 16 aprel sanasida karantinga yopilgan edi. AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov boshqa savollar qatori bunga ham javob berib o‘tdi.

—27 martda karantinga olingan edik. Bizning hududda bir kishidan koronavirus aniqlandi. Karantin muddati uzaytiriladimi?
— Karantin qoidalariga ko‘ra aloqada bo‘lganlar orasida infeksiya yuqtirgan bemor aniqlansa, qolganlar uchun ham karantin uzaytiriladi.

— Shahar ichkarisidagi xususiy mehmonxonalarda koronavirusga gumonlanuvchilarni karantinga joylashtirish epidemiologik va huquqiy jihatdan to‘g‘rimi?
— Darhaqiqat, shahar ichidagi ayrim xususiy mehmonxonalarda yashash uchun karantin hududi tashkil etilgan. Biroq bu gumon qilinganlar uchun emas, balki ishlashda davom etayotgan tashkilot va idora xodimlari uchun. Ular uchun alohida transport yo‘lga qo‘yilgan. mehmonxona atrofi maxsus qo‘riqlanadi va bu jarayon masofani saqlanganda, qo‘shnilar uchun xavf tug‘dirmaydi

— Xalqaro yo‘nalishdagi xorijdan qaytgan haydovchilar uchun koronavirusga tahlil topshirishni qanday tashkillashtirish mumkin?
— Koronavirusga tahlilni kasallik alomatlari bo‘lganda topshirish zarur. Alomatlar bo‘lmaganda shart emas. Hozirgi vaqtda maxsus komissiya tomonidan tahlil o‘tkazish huquqini xususiy klinikalarga ham berish masalasi o‘rganilmoqda. Shundan so‘ng istagan kishi tahlil topshirishi mumkin.

— Respublika perinatal markazini homilador va xodimlari bilan nega va qancha muddatga yopishdi?
— 16 aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U maxsus ajratilgan 3 tug‘ruqxonaga ko‘chirildi. RPM karantinga yopildi. Hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmadi. Perinatal markaz qachon ochilishi masalasi karantin qoidalariga mos holda hal etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring