Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 33 mingdan oshdi

SSV xabariga ko‘ra, shu paytga qadar mamlakatimizning 5 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 317 nafari tuzaldi.
Jumladan, ularning 203 nafari Toshkent shahrida, 87 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Samarqand viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 5 nafari Andijon viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Shu tariqa, ayni vaqtda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 33 261 nafar, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 88 foizni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter