Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusga ko‘proq kimlar chalinmoqda: ayolmi yoki erkak, yoshmi yoki qari?

Yurtimizda koronavirusga ko‘proq kimlar chalinmoqda: ayolmi yoki erkak, yoshmi yoki qari?

Foto: «Pcr.news»

Joriy yil 6-sentyabr holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi qayd etilganlar 43 476 nafar (shundan 17 751 nafari ayollar, 25 725 nafari erkaklar) bo‘lsa, shundan 40 880 nafari (94 foizi) sog‘aygan, deya xabar berdi SSV.

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning yosh ko‘rsatkichlari quyidagicha:

12 173 nafari (28 foiz) 30-39 yosh;

10 304 nafari (23,7 foiz) 20-29 yosh;

7 521 nafari (17,3 foiz) 40-49 yosh;

5 347 nafari(12,3 foiz) 50-59 yosh;

2 652 nafari (6,1 foiz) 10-19 yosh;

2 565 nafari (5,9 foiz) 60-69 yosh;

1 956 nafari (4,5 foiz) 0-9 yosh;

739 nafari (1,7 foiz) 70-79 yosh;

219 nafari (0,5 foiz) 80 va undan katta yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi.

Koronavirusga chalingan bemorlarning aksariyati 30-50 yosh atrofidagi fuqarolardir.

— Shu o‘rinda qayd etish lozimki, 6 sentyabr holatiga hozirda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar uchun tayyorlangan shifo o‘rinlarida 2 251 nafar bemor davolanmoqda, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipov. — Ularning 198 nafari o‘ta og‘ir, 366 nafari og‘ir holatda. O‘ta og‘ir va og‘ir holatdagi 564 nafar bemorlardan 110 nafari sun’iy nafas olish apparatida, 222 nafari noinvaziv sun’iy nafas apparatida SIPAP rejimida hamda 175 nafari maxsus moslama yordamida burun orqali kislorod olmoqda.

O‘ta og‘ir va og‘ir ahvoldagi 564 nafar bemorning 353 nafari Zangiota kompleksiga, 56 nafari Toshkent shahriga, 38 nafari Samarqand viloyatiga, 31 nafari Sirdaryo viloyatlariga, 21 nafari Qashqadaryo, 17 nafari Surxondaryo, 6 nafardan Buxoro, va Jizzax, 3 nafardan Namangan va Xorazm va 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

Alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda koronavirus bo‘yicha so‘nggi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, kasallanish va o‘lim holatlari, asosan, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari bo‘lgan va ortiqcha vazn, tamaki, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgan, shuningdek, kamharakat insonlarda ko‘proq uchragan.

Og‘ir holatdagi barcha bemorlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassislari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan videokonsultatsiyalar ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya, Turkiya davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar hududlarda og‘ir bemorlarni mahalliy mutaxassislar bilan ko‘rib, tavsiyalar berishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring