«Oltin malina». Tramp — yilning eng yomon aktyori

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda «Xolms & Vatson» filmi bir yo‘la ikki yo‘nalishda «Oltin malina» antimukofoti laureatlari bo‘ldi. Bu haqda ushbu mukofotning «YouTube»dagi kanalida ma’lum qilindi.
Tramp o‘zini o‘zi o‘ynagan «Millatning o‘limi» va «Farengeyt 11/9» filmlaridagi rollari uchun «eng yomon aktyor» deb topildi. Uning bu yilgi «raqiblari» — Jon Travolta, Bryus Uillis, Uill Ferrell va Jonni Depp (to‘g‘rirog‘i, uning ovozi).
AQSh yetakchisi shuningdek «Eng yomon aktyorlar dueti» nominatsiyasida «g‘olib chiqdi».
Rejissyor Itan Koenning «Xolms & Vatson» filmi «Yomon film», «Yomon rejissyor», «Yomon prikvel, sikvel, remeyk yoki plagiat» nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter