10 mingga yaqin ekspress-test olib kelindi

Bugun, 19-avgust kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziga koronavirus va antitelalarni aniqlaydigan 9 600 donadan ortiq ekspress-testlar topshirildi.
Ushbu ekspress-testlar xorijiy hamkor tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markaziga beg‘araz taqdim qilindi va Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonga olib kelindi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov bunday ekspress-testlar bugungi pandemiya sharoitida operativlikni ta’minlab, bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda zarur choralar ko‘rish imkonini berishini aytdi.
Ushbu ekspress-testlar mamlakatning 14 ta hududiga tegishliligicha taqsimoti ta’minlanib, davlat tibbiyot muassasalarida maqsadli ishlatilishiga kafolat berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter