Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon 153 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan

Yil boshidan buyon 153 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan

Foto: «Google»

2018-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar orasida 153 nafar o‘z joniga qasd qilish holati qayd etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,9 foizga (239/373) va jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sonining 37,9 foizga (289/466) kamayishiga erishildi.

Shuningdek, 2018-yil 1-may yil holatiga ko‘ra voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi suitsid holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 (163/153) taga kamaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring