Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18-dekabr fotoxronikasi: Pasport berish tiklangan Afg‘oniston, Yangi yilni uyida o‘tkazayotgan parijliklar, dunyodagi eng keng muzlik parchalanish arafasida va boshqalar

18-dekabr fotoxronikasi: Pasport berish tiklangan Afg‘oniston, Yangi yilni uyida o‘tkazayotgan parijliklar, dunyodagi eng keng muzlik parchalanish arafasida va boshqalar

Kollaj

18-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

FOTO: THE JAPAN TIMES

Filippinda yuz bergan tayfun oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi. Sinoptiklar tayfun Vetnam tomon yo‘nalish olganini xabar berishdi.


FOTO: DRDO/NAMPI/SAVVY

Hindiston yadroviy kallakni olib uchishga mo‘ljallangan yangi avlod ballistik raketasi — «Agni P»ni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Raketa Bengal ko‘rfazidagi Abdul Qalam orolidan uchirilgan.


FOTO: NEWS.RU

Serbiyada mamlakatning ekologik siyosatiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ekofaollar litiy qazib olinishini tox’tatishni talab qilishmoqda.


FOTO: ECONSULATE.GOV.AF

«Tolibon» harakati bugun, shanba kuni bayonot berishicha, Afg‘onistonda fuqarolarga pasport berish tiklangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha oldin ariza topshirganlarga pasport beriladi. Yangi arizalarni qabul qilish 2022-yilning 10-yanvaridan boshlanadi.


FOTO: BFMTV

Parijning Yelisey maydonida Yangi yil kechasiga bag‘ishlangan tadbirlar bekor qilindi. «Omikron» shtammi keng tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu qarorga kelingan.


FOTO: EPA

Misr koronavirusga qarshi emlanmaganlarning mamlakatga kirishiga cheklovlar joriy etdi.


FOTO: NASA GODDARD SPACE FLIGHT CENTER

Dunyodagi eng keng muzlikda darzlar paydo bo‘ldi, 2031-yilga borib u parchalanib ketishi mumkin. G‘arbiy Antarktidada joylashgan Tueyts muzligi «Oq qit’a»dagi eng tez harakatlanuvchi va nobarqaror muzlik. Uning erishi shu paytgacha Dunyo okeani sathi o‘sishining 4 foizini ta’minlagan.


FOTO: YaNDEKS

«Soyuzmultfilm» «Senimi, shoshmay tur!» multseriali yangi talqinining dastlabki to‘rt seriyasini taqdim etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring