Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+194. Yetti hududda yangi bemorlar aniqlandi

+194. Yetti hududda yangi bemorlar aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 23-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 051 (+194) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 49 224 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring