2018-yilning to‘qqiz oyida qancha o‘zbekistonlik Tojikistonga bordi?

Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining chegara qo‘shinlaridagi manbaning ma’lumot berishicha, 2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston Respublikasidan Tojikistonga tashrif buyuruvchilar soni 1 million 253 mingni tashkil etmoqda. O‘z navbatida 1 million 165 ming Tojikiston fuqarosi O‘zbekistonga kelgan, deya xabar bermoqda «Asia Plus».
Asosiy o‘sish joriy yilning mart oyida ikki davlat fuqarolarining hududlarda 30 kun vizasiz yurishi haqidagi kelishuvga erishganidan so‘ng kuzatilgan.
O‘zbekistonga kelayotgan xorijliklarning 40,2 foizi Qozog‘iston, 24,8 foizi Tojikiston, 16,7 foizi Qirg‘iziston va 7,4 foizini Rossiya fuqarolari tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter