27-avgust: yurtimizda koronavirus holati bo‘yicha ma’lumot berildi

Shu yilning 27-avgust kuni mamlakatimizda 393 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Navoiy viloyatlarida jami 638 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 447 nafar bemordan 37 200 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 949 nafar bemordan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter