Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

28-avgust. Koronavirusga chalinganlar, sog‘ayganlar, vafot etganlar

28-avgust. Koronavirusga chalinganlar, sog‘ayganlar, vafot etganlar

Shu yilning 28-avgust kuni mamlakatimizda 376 holatda kasallik qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida jami 747 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 823 nafar bemordan 37 947 nafari sog‘aydi. Ta’kidlash joizki, shifokorlarimizning fidokorona mehnati tufayli pandemiya davrida birinchi marta yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizgacha ko‘tarildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2573 nafar bemordan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring