+97. Koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan oshib ketdi

2020-yil 25-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7087 (+97) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasida), qolgan 1 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 4724 (+39) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter