Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Airbus Rossiya titanidan voz kechadi

Airbus Rossiya titanidan voz kechadi

Yevropaning Airbus aviasozlik korporatsiyasi bir necha oy ichida Rossiya titanidan voz kechishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi kompaniyaning mudofaa va koinot bo‘limi rahbari Mixael Sholxorn.

«Agar gap titan haqida borayotgan bo‘lsa, biz Rossiya bilan aloqalarni uzish jarayonida turibmiz. Bu masala bir necha oyda hal bo‘ladi, yilda emas», – degan Airbus rahbarlarining biri Myunxenda o‘tkazilgan brifingda.

Qayd etilishicha, Airbus  kompaniyasi titanga bo‘lgan ehtiyojining 60 foizga yaqinini Rossiya titani bilan qondirib kelgan. Rossiya kompaniyasining aerokosmonavtika uchun yetkazib berayotgan titan mahsuloti jahon bozorining uchdan birini tashkil etadi.

Airbus – dunyodagi eng yirik aviakosmik va mudofaa korxonalaridan biri hisoblanadi. Airbus yo‘lovchi samolyotlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, uning Airbus Defence and Space  deb nomlangan yo‘nlishi ham bor. U mudofaa va aerokosmik mahsulotlar va xizmatlarni sotadi. Bundan tashqari, Airbus Helicopters bo‘limi vertolyot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring