Andijon shahar prokurori lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021 yil 21 may kungi buyrug‘i bilan Andijon shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Qurbonali Asqarov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
«Q.Asqarovning lavozimidan ozod etilishi 2021 yil 17 may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ro‘y bergan holatlar bilan bog‘liq emas», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o‘tkazilgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter