Andijonda 110 million so‘mlik «gaz o‘g‘irligi» fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Sh.B. va N.A.lar o‘zlarining yashash xonadonlarida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda qo‘lbola usulda tayyorlangan gorelkalar yordamida ohak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelib, hududiy gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 110 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter