Tramp va’dasini bajardi. AQSh Kongressi soliqlarni kamaytirish haqidagi hujjatni qabul qildi

Donald Tramp va’dasini bajardi.
Soliq sohasidagi ushbu islohot Tramp tomonidan faoliyati davomida amalga oshirilgan birinchi eng yirik islohot hisoblanadi. Bu hujjat 31 yildan buyon ilk bor soliqlar kamaytirilishini ko‘zda tutadi. Bu haqda «Yevropa-1» radiosi «Frans-Press»ga asoslanib xabar berdi.
Asosiy qismi respublikachilardan tashkil topgan Vakillar palatasi chorshanba kuni qayta ovozga qo‘yish orqali 201 ga qarshi 224 ovoz bilan loyihani ma’qulladi. Palata bu hujjatni seshanba kuni qabul qilgan edi. Ammo Senat, texnik sabablarni bahona qilib, uni qayta ovoz berishga qaytargan edi.
Ovoz berishdan bir oz oldin AQSh prezidenti amerikaliklarni tarixiy g‘alaba bilan tabriklagan. Oq uyda chiqish qilgan prezident ushbu qonun loyihasi orqali Obamaning sog‘liqni saqlash sohasidagi sug‘urta islohotini («Obamacare») bekor qilishini aytib o‘tgan.
Tvitterdagi sahifasida Tramp senator Mich Makkonnelni ushbu loyihadagi harakatlari uchun tabriklagan: «Men senator Makkonnelni soliq sohasidagi islohot qonun loyihasining Senatda qabul qilinishida ham strategik, ham siyosiy jihatdan ajoyib natijasi uchun tabriklayman. Men undan mahoratliroq hamkor topolmayman. Bizning jamoamiz ko‘plab g‘alabalar bo‘sag‘asida turibdi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter