AQShda bir kunda 50 ming kishi COVID-19ga chalindi

O‘tgan bir kecha-kunduzda AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 50 584 taga ko‘paydi, kasallik tasdiqlangan yana 590 bemor vafot etdi, deb xabar berdi Jons Xopkins universiteti federal va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalarga tayanib.
AQShda epidemiya boshlangandan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar umumiy soni 29,870,135 nafarga yetdi, 542,993 bemor hayotdan ko‘z yumdi.
2020-yil 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter