Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda noxush rekord: bir kunda 150 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi

AQShda noxush rekord: bir kunda 150 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi

O‘tgan 24 soat ichida AQShda naq 150 mingdan oshiq kishi koronavirusga chalindi. Bu haqda Covid Tracking Project xabar bergan.

Loyiha keltirgan raqamlarga ko‘ra 12 noyabr kuni 150 526 amerikalik koronavirus yuqtirgan. Shuningdek, 1104 kishi vafot etgan.

AQSh COVID-19 bilan kasallanish va o‘limlar soni bo‘yicha mutlaq yetakchilik qilib kelmoqda. ( mamlakatda shu vaqtga qadar 10,5 mln.ta holat aniqlangan) 

Jahon bo‘ylab esa kasallangan soni 52,5 mln. nafardir. Shunndan 36,5 mln.tasi tuzalgan, 1,2 mln kishi esa vafot etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring