AQShda COVID-19 holati olti milliondan oshdi

AQShda tasdiqlangan koronavirusni yuqtirish holatlari soni 6 milliondan oshdi. Bu haqda jahon bo‘yicha koronavirus tarqalishini o‘z manbalariga tayangan holda hisob-kitob qilib borayotgan Jons Xopkins universiteti ma’lum qildi.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni AQShda 6 002 615 kishiga yetdi. Mamlakatda COVID-19 tufayli 183 203 kishi vafot etgan bo‘lsa, butun epidemiya davomida 2 153 939 kishi virusdan forig‘ bo‘lgan.
Jons Xopkins universiteti xabariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 25 milliondan ortiq kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 847 ming kishi olamdan o‘tgan. Kasallikdan tuzalganlar soni 16 milliondan oshib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter