AQShning eng hurmatli siyosatchilardan biri vafot etdi

Genri Alfred Kissinjer — AQShning eng hurmatli siyosatchilardan biri edi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotining 1973 yilgi sovrindori.
U SSSR bilan Sovuq urush hamda Vetnamdagi urush davrida AQSh hokimiyatining muhim lavozimlarida bo‘lgan. U 1980 yillarning boshlarida hokimiyatni tark etgan bo‘lsada, uning fikriga bugungi kungacha quloq solingan. U 100 yoshda edi.
Kissinjer nomi bilan «chelnok diplomatiyasi» tushunchasi (uchinchi davlat ishtirokida mojarolarni hal qilish) bog‘liq bo‘lib, u «Amerika tashqi siyosatining patriarxi» deb ham ataladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter