«Barselona» to‘qqizta gol urilgan o‘yinda mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlash imkoniyatini qo‘ldan chiqardi (video)

«Barselona» Ispaniya chempionatining so‘nggi turida «Levante»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Kataloniya klubi mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlashga juda yaqin kelgan edi — bunaqasi zamonaviy ispan futbolida kuzatilmagan. «Atletik» (1929/30) va «Real Madrid» (1931/32) chempionatni mag‘lub bo‘lmay tugatganda La liga o‘yinlari 38 emas, 18 tur davom etgan edi.
«Barselona» so‘nggi bor 2017 yilning 8 aprelida «Malaga»ga yutqazgan edi.
Kechagi o‘yinning 56-daqiqasiga qadar «Barselona» 1:5 hisobida yutqazayotgan edi. Ammo 15 daqiqa ichida hisob 4:5gacha qisqardi. Ammo durangga erishish kataloniyaliklarga nasib etmadi.
Levante – Barselona 5:4 (2:1, 3:3)
Gollar: 1:0 – 9 Boateng, 2:0 – 30 Boateng, 2:1 – 38 Koutino, 3:1 – 46 Bardi, 4:1 – 49 Boateng, 5:1 – 56 Bardi, 5:2 – 59 Koutino, 5:3 – 64 Koutino, 5:4 – 71, penalti Suares.
Levante – Olasabal, Koke, Postigo, Rober, Luna, Morales (Rochina, 85), Kampanya, Lukich, Bardi, Marti (Lerma, 69), Boateng (Patssini, 77).
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Mina, Vermalen (Pike, 31), Alba, Rakitich, Buskets, Dembele (Pako Alkaser, 60), Inesta (Denis Suares, 60), Koutino, Suares.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter