Bir kunda 167 ta yangi holat. Eng yuqori ko‘rsatkich yangilandi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich yangilandi.
Kecha, 13-aprel kuni O‘zbekistonda jami 133 kishida infeksiya aniqlangani xabar qilingandi. Ushbu eng yuqori ko‘rsatkich yangilanishiga bir kunning o‘zi kifoya qildi.
Bugun, 14-aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra 56 kishida infeksiya aniqlangan bo‘lsa, soat 15:30 holatida 59 kishida, 23:00 holatida yana 52 kishida kasallik qayd etilgan. Shunday qilib, kun davomida bemorlar soni 167 kishiga ko‘paydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 100 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter