Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir martalik paketlarga muqobil: plastik asoratlarini qanday kamaytirish mumkin?

Bir martalik paketlarga muqobil: plastik asoratlarini qanday kamaytirish mumkin?

Yer sharida har kuni millionlab insonlar plastik paketlardan foydalanishadi. Ammo siz bu paketlar qanchalik zararli ekanligini bilasizmi? Bugun bu haqda sizlarga yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz.

Biz har kuni ishlatadigan plastik paketlar 200 yilda parchalanadi va yo‘q bo‘lib ketmaydi. Ular suv manbalarimizni ifloslantiradi va dengizdagi tirik jonzotlarga zarar yetkazadi. Ko‘plab dengiz hayvonlari plastik paketlarni yutib yuboradi yoki ularga o‘ralib qoladi. Bu nafaqat hayvonlarga, balki farzandlarimizga ham xavf tug‘diradi.

Plastikning mayda bo‘laklari - mikroplastiklar - tuproq va suv orqali oziq-ovqat zanjirimizga kirib, sog‘lig‘imizga zarar etkazishi mumkin. Plastik paketlarni kamroq ishlatib, toza muqobil varyantlardan foydalanish vaqti keldi. Bu juda oson.

Yuviladigan va ko‘p marta foydalaniladigan mato yoki paxta sumkalar plastik paketlarning o‘rniga foydalanish mumkin bo‘lgan eng yaxshi varyantlardan biridir. Ular uzoq muddat xizmat qiladi va kam resurs sarfini talab etadi. Bu sumkalar tabiiy tolalardan tayyorlanib, ekologik jihatdan xavfsizdir. Ular mustahkam, ko‘p marta ishlatiladi, zamonaviy va oson tashiladi. Kichik o‘lchamlari sababli cho‘ntakda yoki sumkada saqlash mumkin.

Kassa oldida sotuvchi sizga paket kerakmi, deb so‘rasa, unga yo‘q, deya javob bering. Xarid qilgan mahsulotlaringizni o‘zingiz bilan olib kelgan shopperlarga soling. Bu harakatlar plastik paketlardan foydalanishni kamaytirishga yordam beradi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring