Bir tomonda momaqaldiroq, boshqa tomonda 45 daraja issiq bo‘ladi

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 36-41 daraja, janubda 42-45 darajagacha issiq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-40 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter