Bo‘ka va Popda umumiy quvvati 763 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi quriladi
Joriy yil 24-mayda Toshkent viloyatining Bo‘ka hamda Namangan viloyatining Pop tumanlarida xorijiy investorlar yordamida quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurishga doir Prezident qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, Xitoyning «China Datang Overseas Investment Co Ltd.» kompaniyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida quvvati 263 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini quradi.
Investor yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda dastlabki baholash bo‘yicha jami 150 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish majburiyatini oladi.
Shuningdek, Germaniyaning «Hyper Partners GmbH» kompaniyasi tomonidan Namangan viloyatining Pop tumanida ham quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmoqlari quriladi.
Investor yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 350 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish majburiyatini oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter