Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalarga o‘tishi mumkin

O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalarga o‘tishi mumkin

Foto: «Greenbag.ru»

O‘zbekistonda bir dehqon bozori va savdo majmuasini ixtisoslashgan xususiy kompaniya boshqaruviga topshirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu davlat rahbarining tijorat tashkilotlarida davlat ishtirokini yanada kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Dastlabki tajriba-sinov loyihasini Toshkentda o‘tkazish taklif etilmoqda. Poytaxt ma’muriyatiga tajriba o‘tkaziladigan dehqon bozori va savdo majmuasini aniqlash uchun uch oy muddat beriladi. Ular shartnoma asosida kompaniyalarga, xususan mazkur yo‘nalishda faoliyatni tashkil etish va olib borish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Tajriba-sinov loyihasi yakunlariga ko‘ra 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi davlat mulkini, jumladan davlat ulushi va davlat korxonalarini ixtisoslashgan maxsus kompaniyalarga topshirish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritadi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat dehqon bozorlari aksiyalarining nazorat paketi Toshkent ma’muriyatiga tegishli. Bozorlar faoliyatini tarkibiga 20 ta bozor va savdo majmuasi kiradigan «Toshbozorsavdo» assotsiatsiyasi nazorat qiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring