Braziliyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Braziliyaning San-Paulu shahri yaqinida bortida 62 kishi bo‘lgan Voepass yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan hech kim tirik qolmagan.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, layner bortida 62 kishi bo‘lgan: 58 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan halokat videosida samolyot vertikal ravishda qulaganini ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter