Braziliyadagi «Marakana» stadioni vaqtinchalik kasalxonaga aylantiriladi
Rio-de-Janeyro shahridagi dunyoga mashhur «Marakana» stadioni zudlik bilan kasalxonaga aylantiriladi.
U yerga koronavirusga chalinganlar yotqiziladi. Bu haqida CNN nashriga asoslanib Uff.uz xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur stadion «Flamengo» jamoasining uy stadioni bo‘lib, qayta ta’mirlangandan keyin 78 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Endi esa, u maydondagi shifoxonaga aylantirilmoqda. Hozirgacha Braziliyada 2554 kishi ushbu virusga chalingan. 59 kishi olamdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter