Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu safar ojiza. Isroil harbiysi 16 yoshli falastinlik qizni o‘ldirdi

Bu safar ojiza. Isroil harbiysi 16 yoshli falastinlik qizni o‘ldirdi

Kecha, 12 dekabr kuni Isroil harbiysi G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida uyushtirgan reyd chog‘ida 16 yoshli falastinlik qizni otib o‘ldirdi. Bu haqda TASS Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi qiz Jana Majdi Zakarne ekanini aniqladi va tunda o‘ldirilganini ma’lum qildi. Falastinning Wafa xabar agentligi Jana Majdi Isam Zakarne uyining tomida bo‘lganida Isroil askarlari tomonidan yaralanganini ma’lum qildi. Qizning jasadi Isroil kuchlari operatsiya hududini tark etganidan keyin topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil qurolli kuchlari kamida ikki falastinlikni yaralagan va uch nafarini hibsga olgan.

Joriy yilning 10 aprel kunidan buyon Isroil xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Sohilda har kuni aksilterror operatsiyalari va reydlar o‘tkazmoqda. Buning oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 dekabr kuni Isroil askari Nablus shahrida 22 yoshli Hamdi Mefleni otib o‘ldirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring