Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+120. Bu safar Toshkent shahrida kasallanish holatlari qayd etilmadi

+120. Bu safar Toshkent shahrida kasallanish holatlari qayd etilmadi

2020-yil 22-avgust soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 532 (+120) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent viloyatida hamda 5 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 78 yoshli R.A. (erkak) hamda 67 yoshli R.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 386 nafar, Toshkent viloyatida 165 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 34 576 (+587) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 689 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring