Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun 239 holatda kasallik qayd etildi. 5 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda

Bugun 239 holatda kasallik qayd etildi. 5 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda

Bugun mamlakatimizda 239 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 207 nafari Karantin muassasalarida, 31 nafari aholi orasida (shundan 18 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval xabar qilganganidek, bugun 125 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6901 nafar bemordan 4685 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2197 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 37 173 nafar, statsionar karantinda esa 22 890 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring