Bugun Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38 daraja, janubda ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxt Toshknet shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter