Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun tunda koronavirusga chalinish holati ancha pastladi

Bugun tunda koronavirusga chalinish holati ancha pastladi

2020 yil 19 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1495 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xabar berilgan.

Ta’kidlash joiz, kecha, 18 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 1490ga yetgani ma’lum qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida infeksiya qayd etilishi ancha pastlagan va 5 nafar bemorda infeksiya aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda sog‘ayganlar soni 194 nafar, vafot etganlar 5 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring