Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro tumani hokimligini mahalliy tadbirkorlardan biri egalladi

Buxoro tumani hokimligini mahalliy tadbirkorlardan biri egalladi

Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev va viloyat hokimi Botir Zaripovlar ishtirok etgan sessiyada, jumladan, tashkiliy masala ham ko‘rilgan.

Unga ko‘ra, shu kunga qadar «Buxoro Agro Eksport tashqi savdo» MChJga rahbarlik qilib kelayotgan Safarov Halimjon Salimovich nomzodi Buxoro tumani hokimi (vazifasini bajaruvchi) lavozimiga ko‘rsatildi.

H.Safarov 1973-yil 2-mayda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Buxoro davlat universiteti, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, 2023-yilda Kazan federal  universiteti  (magistratura)ni tugatgan.

U neftegaz sohasida va tadbirkorlik tizimida faoliyat ko‘rsatgan. Oxirgi yillarda «Yevrosnar» MChJ bosh direktori lavozimida ishlagan.

Sessiyada, shuningdek, tumanni Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring