Buxoro viloyat sudi raisining yana bir o‘rinbosari ishdan olindi

Buxoro viloyat sud raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Aziz Sadirov ishdan olingan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, mansabdor sudyalik qasamyodini buzgani uchun hamda yozma arizasiga asosan prezident farmoyishi bilan vazifasidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Bu oxirgi 21 kun ichida Buxoro viloyat sudi raisining ikki nafar o‘rinbosari lavozimidan olinganini anglatadi. Chunki joriy yilning 28 mart kuni odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun Suxandiyor Ro‘ziyev Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter