Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda aholi orasida infeksiya aniqlanish holatlari ko‘paydi

Buxoroda aholi orasida infeksiya aniqlanish holatlari ko‘paydi

Foto: Xabar.uz

2020 yil 21 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 (+63) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1907 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring