Buxoroda salkam yarim kilolik oltin quymalari savdosi aniqlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumani hududida 3 nafar fuqaroning jami vazni 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini sotgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, ular xaridorlar – R.Sh., F.Sh.ga 7 ming AQSh dollari va 300 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas