Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat kadastrlar palatasining Ellikqa’dagi bosh muhandisi ushlandi

Davlat kadastrlar palatasining Ellikqa’dagi bosh muhandisi ushlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Davlat kadastrlar palatasining Ellikqal’a filiali bosh muhandisi A.R. fuqaro M.S.ning o‘g‘liga aslida mavjud bo‘lmagan tuman hokimining soxta qarorini asos qilib 4 sotix yer maydoniga egalik qilish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlab berib, evaziga 500 AQSh dollarini olgan. 

Shuningdek, A.R. filialning boshqa mas’ul shaxslari bilan til biriktirib, fuqarolar nomiga uy joylar uchun jami 9 ta holatda 42 sotix yer maydoniga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, noqonuniy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring