Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatchilari qaysi blogerlarni o‘qiydi?

Davlat xizmatchilari qaysi blogerlarni o‘qiydi?

Foto: Xabar.uz

Bugungi kunda blogerlar va inflyunserlar faol fuqarolik pozitsiyasini ko‘rsatib, jamiyatdagi o‘tkir muammolarni topib, uni ommaga olib chiqishda faollik ko‘rsatmoqda.

«Yuksalish» harakati davlat xizmatchilari qaysi blogerlarni kuzatib borishini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda 140 nafar davlat idoralari xizmatchilari, shu jumladan, vazirliklar, agentliklar, qo‘mitalar, parlament vakillari ishtirok etdi. Respondentlaring 10 foizini yuqori lavozimdagi rahbarlar, jumladan vazirlar va hokimlar tashkil etdi.

Davlat xizmatchilari, asosan, siyosat, ijtimoiy va iqtisodiy, huquqiy, ekologik mavzularni ko‘proq yoritadigan blogerlarni kuzatib borishi ma’lum bo‘ldi. Demak, yetakchi uchlikka quyidagilar kirdi:

Davletov.uz — 64,6%

Xushnudbek.uz — 45,8%

Bakiroo — 20%

Respondentlar fikriga ko‘ra, mazkur blogerlar nafaqat keng jamoatchilik fikrini shakllantirishga, balki davlat xizmatchilarining ijtimoiy-iqtisodiy holat haqida xabardor qilishga ham xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring