Davlat xizmatlari: olti oyda 10 mingga yaqin qonun buzilishi aniqlandi

Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 9 829 ta qonunbuzilish aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXA Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Qonunbuzilishlar aksariyat hollarda muddatlarni buzish, ortiqcha hujjatlar talab qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish, asossiz rad etishda namoyon bo‘lgan.
Qonunbuzilishlarning 5 705 tasi hokimliklar tomonidan, 776 tasi muhandislik tarmoqlariga ulashda, 538 tasi qurilish va 47 tasi kadastr bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 4 mingga yaqin ta’sir choralari ko‘rilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida 183 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 30 nafar shaxs vazifasidan ozod etilgan, 155 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter