O‘zbekiston pasportining «Dunyoning eng kuchli pasportlari»da o‘rni qanday?

«Passport Index» ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari pasporti eng kuchli pasportlar reytingida 199 mamlakat orasida 68 o‘rindan joy oldi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari 26ta davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, yana 37ta davlatga borgandan so‘ng viza rasmiylashtirish zarur, qolgan 135ta davlatga borishdan avval viza rasmiylashtirish shart. Pasportning reytingdagi o‘rni shu ma’lumotlarga ko‘ra aniqlangan.
Avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklari pasporti eng kuchli deya topilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu davlat fuqarolari jahonning 167 davlatiga vizasiz chiqish imkoniga ega. MDH mamlakatlarida Rossiya 38 o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter