Eron rahbari mamlakatdagi namoyishlar ortida AQSh va Isroil turganini aytdi

Eron rahbari Oyatulloh Ali Xomayniy so‘nggi vaqtlarda mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan ommaviy norozilik namoyishlari haqida gapirib, ularni tayyorlashda AQSh va Isroilni aybdor deb atadi.
«Bu qizning o‘limi (Mahsa Amini) fojialili voqea edi. Bu meni ham xafa qildi», – dedi Xomayniy.
Shu bilan birga, Eron rahbari tegishli tekshiruv o‘tkazmasdan turib Qur’on, masjidlar, banklar va shaxsiy avtomashinalarni yoqishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bularning barchasi tashqaridan uyushtirilgan.
«Buni kim rejalashtirgan? Shubhasiz, Amerika — yolg‘onchi, zo‘ravon, sionistik rejim va uning malaylari xorijdagi bir qancha xoin eronliklarning yordami bilan uyushtirgan», — degan Ali Xomayniy.
Ma’lumot uchun, Aminini 13-sentyabr kuni hijobni noto‘g‘ri kiyishda ayblanib, hibsga olgan edi. U qamoqxonada kasal bo‘lib kasalxonaga yotqizilgan va Amini o‘sha yerda vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter