Eronda 10 qavatli uy quladi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Eronning Xuziston viloyatidagi Obodon shahrida qurilishi tugallanmagan 10 qavatli uy qulab tushdi. Bu haqda «Fars» agentligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 27 kishi jarohat olgan. Vayronalar ostida taxminan 80 kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Qurbonlar soni yanada ortishi xavfi bor, negaki qulagan bino gavjum joyda joylashgan.
Qutqaruv amaliyoti qo‘shni bino ham qulash xavfi ostida turgani bois juda murakkab sharoitda o‘tmoqda, deyiladi Qizil yarimoy jamiyati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter