Erta uyquga yotgan o‘smirlar tengdoshlariga qaraganda aqlliroq — tadqiqot

Tengdoshlariga qaraganda ertaroq yotib, ko‘proq uxlaydigan o‘smirlar aqliy jihatdan hushyor bo‘lib, kognitiv testlarda yaxshi natijalarga erishadilar. Kembrij universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Cell Reports jurnalida chop etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shimcha 15 daqiqa uxlash ham muhim. 7,5 soat uxlagan barcha ishtirokchilar taxminan 7 soat uxlaganlarga qaraganda yaxshiroq natijalarga erishgan.
Olimlarning fikricha, 13-18 yoshdagi bolalar kuniga 8 soatdan 10 soatgacha uxlashlari kerak. Yotishdan oldin telefon va kompyuterdan foydalanish o‘rniga jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangani ma’qul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter