Yevropa Ittifoqi mamlakatlari koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan ogohlantirishdi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi va voqeaning bunday rivojlanishiga hozirlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) vakili ma’lum qildi, deya xabar berdi «TASS».
«Xavf-xatarni so‘nggi baholash natijalariga muvofiq a’zo davlatlar ikkinchi to‘lqinga tayyorlanishi zarur», — dedi agentlik suhbatdoshi.
Avvalroq Robert Kox Instituti rahbari Lotar Viler koronavirusning ikkinchi va uchinchi to‘lqinlarini taxmin qilgandi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, aholining 60-70 foizi kasallikka chalinmaguncha infeksiya tarqalishda davom etaveradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter