Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat ikki qo‘shni hududda yuzdan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Faqat ikki qo‘shni hududda yuzdan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Foto: «M.severpost.ru»

2020-yil 31-avgust soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41893 (+106) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 31 nafari Toshkent shahrida hamda 75 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Qarshi shahrida yashagan 51 yoshli T.A. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 326 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 39275 (+456) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2298 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring