Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat ikkita hududda koronavirus holati qayd etildi

Faqat ikkita hududda koronavirus holati qayd etildi

2020-yil 13-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 423 (+136) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 121 nafari Toshkent viloyatida hamda 15 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli X.X. (erkak) hamda Samarqand shahrida yashagan 44 yoshli Z.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 317 nafar, Toshkent viloyatida 128 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 44 002 (+491) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 029 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas