Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Yermulkkadastr» sobiq xodimi 8 ming dollar bilan ushlandi

Farg‘onada «Yermulkkadastr» sobiq xodimi 8 ming dollar bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda «Yermulkkadastr» DK Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi V.N. fuqaro M.B.ning ishonchiga kirib, unga tuman kadastr bo‘limida ishlashini aytgan, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish uchun tuman hududidan 8 gektar yer maydoni ajratish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring