FlyArystan Ostonadan Toshkentga muntazam qatnovni yo‘lga qo‘ydi

Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Ikki qardosh davlat poytaxtlari o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar haftasiga 2 marta Airbus A320 uchoqlarida amalga oshiriladi.
«Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 3 iyul kuni soat 01:55 da bortida 180 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.
Aeroportda yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda «Uzbekistan Airports» rahbariyati, Qozog‘iston elchixonasi va aviatashuvchi vakillari ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, FlyArystan Qozog‘istonning loukoster aviatashuvchisi bo‘lib, bosh qarorgohi Olmaota shahrida joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.
Kompaniya yaqin kelajakda parvozlar xaritasini Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlar bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter